26 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,6 °C

Xavfsizlik
8 May  2019 1548

O‘zbekiston va Xitoy harbiylari o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Xitoy Xalq Qurollangan Militsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro “Hamkorlik-2019” rejasiga asosan Xitoy delegatsiyasining tashrifi bilan 2019-yilning 2-may kuni ikki tomon qo‘mondonligi uchrashib, hamkorlikdagi o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha bir qator masalalalar muhokama qilingan edi.

“Hamkorlik-2019” aksilterror o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari joriy yilning 5-may kuni Jizzax viloyati “Forish” poligonida start oldi.

Ochilish marosimi yakunlangach, mehmonlar saf maydonida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gavardiyasining ekstremal sharoitlarda foydalaniladigan texnik vositalar hamda qurol-aslahalar bilan  tanishdilar.

– Harbiy-o‘quv mashg‘ulotlarining davomiyligi taxminan ikki hafta. Mashg‘ulotlar uch bosqichda o‘tkaziladi: 1-bosqich – yakka tartibdagi tayyorgarlik, 2-bosqich – guruh tarkibidagi va 3-bosqich – vzvodlar tayyorgarligi. Mazkur mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi Xitoy Xalq Qurolli Kuchlari Militsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan iboratdir. – deydi boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Ganiyev.

Kunning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tgan o‘quv-amaliy konfrensiyada o‘quv mashg‘ulotlari jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar muhokama etildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech