24 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,1 °C

Mamlakatimizda
13 Avgust  2019 347

Uyning eski qarzini yangi ko‘chib kelgan fuqaro to‘laydimi?

Farg‘ona shahrida yashovchi S.Baxromov unga elektr energiyasidan katta miqdorda qarzdorlik yozilganligi sababli Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga murojaat qilgan.

Federatsiya matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, S. Baxromovga qarashli Farg‘ona shahar Farobiy ko‘chasidagi uy-joy hukumat qarori asosida buzilishga tushganligi sababli, unga Farg‘ona shahar hokimining qarori asosida 06.04.2018-yildan “Qirguli” dahasida joylashgan  ko‘p qavatli uydagi xonadonlardan biri xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib berilgan.

Fuqaro tomonidan xonadonga ko‘chib kirib yashash davrida kommunal to‘lovlar to‘lab boriladi. Lekin 2019-yilning fevral oylariga kelib, ya'ni oradan salkam bir yil o‘tgach xonadonning foydalanilgan elektr energiyasidan katta miqdorda qarzdorligi mavjudligi yuzasidan MIB xodimlari tomonidan ogohlantirish xati olishadi. Yuzaga kelgan muammoni o‘z kuchlari bilan hal eta olmagan xonadon vakillari amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rashgan.

Federatsiya mutaxassislari tomonidan murojaatni o‘rganish davomida, xonadon vakillari bu yerga ko‘chib kelgan paytlaridan boshlab foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirib borgan bo‘lsalarda, ulardan mazkur to‘lovlar bo‘yicha 671 500 so‘m qarzdorlikni bartaraf qilish so‘ralgan. Ma'lum bo‘lishicha, mazkur xonadonda ular ko‘chib kelgunga, ya'ni 2018-yilning 29-martiga qadar G.Gromova (marhuma) yashab kelgan, qarzdorlikni hosil bo‘lishi esa marhumaning shu xonadonda yashagan davrlariga to‘g‘ri keladi.

Ishni sudda ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra, sud elektr energiyasi to‘lovlaridan 2018-yilning aprel oyigacha bo‘lgan davrda yuzaga kelgan 671 500 so‘m qarzdorlikni iste'molchi S.Baxromov nomiga hisoblanishini g‘ayriqonuniy deb topish va javobgardan uning foydasiga 405 460 so‘m  so‘m ma'naviy zararni undirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech