17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,3 °C

Mamlakatimizda
29 Aprel  2019 972

Uyma-uy yurish orqali 2 milliondan ortiq xonadon muammosi o‘rganildi

Sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish maqsadida “tuman (shahar) – viloyat – respublika” tamoyili asosida ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish hamda faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar va soliq idoralarida vertikal boshqaruv tizimi joriy etildi.

2019-yil 1-fevraldan boshlab muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishni yangi tizimiga asosan Xalq qabulxonalari, sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilib, respublika hududlaridagi barcha tuman va shaharlar sektorlarida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda. Aholi muammolarning o‘rganilishi hamda ularning o‘z vaqtida yechimi topilishi bevosita Prezident Administratsiyasi tomonidan nazoratga olingan.

Joriy yilning aprel holatiga Respublika bo‘yicha jami
2,6 mln. dan ortiq xonadonlar o‘rganilib, muammosi mavjud bo‘lgan
261,2 mingta xonadonda yashovchi fuqarolar bilan o‘tkazilgan suhbatlar natijasida 273,4 mingta turli yo‘nalishdagi masalalar aniqlangan.

Aniqlangan muammolarning eng ko‘pi bandlik (19,9%), suyultirilgan gaz (gaz ballon) yetkazib berish (16,4%), sog‘liqni saqlash (9,9%), uy-joy (9,8%), bank krediti (5,8%), moddiy yordam (5,7%), kadastr (4,1%), ichimlik suvi (2,9%), elektr energiya ta'minoti (1,9%), tabiiy gaz (1,6%), pasport (1,3%), maktabgacha ta'lim (1,6%) bilan bog‘liq masalalarga to‘g‘ri keladi.

Joylarda uyma-uy yurish natijasida aniqlangan, aholini qiynab kelayotgan muammolarni sektor rahbarlari, Xalq qabulxonalari va boshqa tashkilotlar xodimlari birgalikda hal etish choralarini ko‘rmoqda.

Misol uchun, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shaharida olib borilgan o‘rganishlar natijasida 21 ta mahalladagi ichki yo‘llarda 1,8 km. asfalt yotqizildi, 3 100 metr ichki yo‘llar ta'mirlandi. Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarining 450 kv. metri ta'mirdan chiqarildi. Mazkur maqsadlar uchun 1,7 mlrd. so‘m sarflandi.

Aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash sifatini yaxshilash maqsadida 3150 metr ichimlik suvi tarmog‘i tortilib,  80 ta ko‘p qavatli uyda suv bosimi yaxshilandi. 2 572 metr kanalizatsiya tarmog‘i yangilandi.

Shuningdek, gaz bosimi past bo‘lgan 27 ta mahalla fuqarolar yig‘inining gaz bosimi yaxshilandi, 52 ta maishiy gaz balloni tarqatildi va aholi ehtiyojiga ko‘ra 28.3 tonna suyultirilgan gaz yetkazildi. Kam ta'minlangan oilalarga 15 ta gaz hisoblash uskunasi o‘rnatildi.

Shahardagi 39 ta ko‘p qavatli uyning tom, fasad, yerto‘la va kirish yo‘laklarini ta'mirlash, atrofini obodonlashtirish, bolalar maydonchalarini qurish ishlariga 1,4 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi.

Uy-joyga muhtoj bo‘lgan shahar aholisini uy bilan ta'minlash maqsadida 24 ta 1100 kvartirali ko‘p qavatli arzon uylar qurilib, o‘z egalariga topshirildi.

Albatta, uyma-uy yurish orqali muammolarni aniqlash va hal etishga qaratilgan ushbu tizim davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining xalqqa yaqin ko‘makchi bo‘lishiga, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, sektorlar doirasida ishlarni tashkil etish sifatini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech