18 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,6 °C

Hukumat
23 Yanvar  2020 1636

Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi

Joriy yilning 22-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan PQ-4569-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – transport vaziri lavozimi tugatilib, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida bir qator lavozimlar va kotibiyatlar tugatilib, boshqa lavozimlar kiritildi va tegishli kotibiyatlar tashkil etildi.

Jumladan, Bosh vazirning ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Bosh vazir o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimlari kiritildi, Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatlari kabilar tashkil etildi.

Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 241 nafar shtat birligidan iborat bo‘lgan yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi, deb xabar beradi Adliya vazirligi axborot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech