18 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,7 °C

Mamlakatimizda
2 Oktyabr  2019 776

Mahalliy undan qolipli non ishlab chiqaruvchilarga soliq imtiyozi belgilandi

Donni qayta ishlash korxonalari va qolipli non ishlab chiqaruvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori (30.09.2019 y.) qabul qilindi, deb xabar beradi “Huquqiy axborot” kanali.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-iyulgacha faqat mahalliy dondan ishlab chiqarilgan undan tayyorlangan qolipli non ishlab chiqarish va sotish QQSdan ozod etiladi.

2019-yil 1-oktyabrdan boshlab import qilinganda QQSga tortilgan donni qayta ishlash korxonalari QQS bo‘yicha soliqqa tortiladigan aylanmani Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniqlaydilar.

Shuningdek, qaror bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra yuridik shaxslar belgilangan ro‘yxat bo‘yicha chetdan keltiriladigan yog‘och-taxta materiallari va yog‘och uchun QQS to‘lashdan ozod qilish bo‘yicha imtiyoz bekor qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech