11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,8 °C

Kеyingi avlod
13 Noyabr  2019 499

Universitetda “Ona va bola” xonasi ochildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetda talaba qizlar uchun tikuvchilik, pazandachilik to‘garaklari maxsus jihozlangan xonalarda tashkil etilgan.

Abro‘ san'ati va rassomlik to‘garaklari iqtidorli talabalarga o‘z quchog‘ini ochgan. San'atsevar talabalar uchun “Navoiy vorislari” nomli talabalar teatr studiyasi, musiqa to‘garaklari faoliyatini boshlagan.

Endilikda universitetda “Ona va bola xonasi” hamda talaba qizlar uchun “Go‘zallik va nafosat” to‘garaklari o‘z ishini boshladi. Mazkur xona talabalar va yosh bolali professor-o‘qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etildi, deb xabar qiladi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati.

Universiteti xalqaro OTM maqomini qo‘lga kiritish yo‘lida jadal odimlamoqda, bugungi kunda universitetning 50 dan ortiq xalqaro hamkorlari mavjud. Har bir talaba o‘zining tashqi va ichki dunyosining go‘zalligi, dunyoqarashining kengligi bilan xorijlik mehmonlarda iliq taassurot uyg‘otishi va o‘zbek yoshlarining umumiy qiyofasini belgilab berishi zarur.

Shularni inobatga olgan holda “Go‘zallik va nafosat” to‘garaklari talaba qizlarning tashqi ko‘rinishlari bilan birga ularning nafosat ham tuhfa etishi tayin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech