16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,6 °C

Kеyingi avlod
28 Sentyabr  2019 502

Umumta'lim maktablarida “Vazir soati” tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2019-yil 23-avgustda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchilarning mavqyeini oshirish masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq ta'limi vazirligi rahbariyati tomonidan umumta'lim maktablarida “Vazir soati” tashkil etilmoqda.

 

Jumladan, kecha Xalq ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Umarov Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 17-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida bo‘lib, “Vazir soati”da ishtirok etdi, deb xabar beradi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

O‘tkazilgan dars mashg‘uloti davomida Xalq ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari o‘quvchilarga bugungi kunda Prezidentimiz rahbarligida ta'lim tizimini takomillashtirish hamda jahon andozalari darajasiga ko‘tarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi. Bundan tashqari, o‘quvchilarga kelgusida kasb tanlashi, Vatanga fidoyilik bilan xizmat qilishi, oiladagi mas'uliyat va burchiga oid zarur maslahatlar berildi. Dars so‘ngida o‘quvchilar mavzuga oid barcha savollariga batafsil javob olishdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech