16 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,6 °C

Tashvishli xabar
14 Noyabr  2019 944

Firibgarlik bilan qo‘lga kiritgan pul va mol-mulkni xatlash choralari ko‘rilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ish yurituvida “HUMAN xususiy bandlik agentligi” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar qiladi departament matbuot xizmati.

Hozirda ayrim shaxslar ijtimoiy tarmoqlarda “HUMAN xususiy bandlik agentligi” MChJ rahbari Sh.Fayzullaevga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ehtiyot chorasi qo‘llanilganligi va ozodlikda ekanligi, jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilmayotganligini iddao qilib, jabrlangan fuqarolarni hukumat idoralari oldida chiqishlar qilishga undamoqdalar.
Shu kabi da'volar assosiz va to‘g‘ri emasdir.

Dastlabki tergov davomida Sh.Fayzullaevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayblov e'lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, hozirda u IIV JIEBBga qarashli 1-sonli Tergov xibsxonasida saqlanmoqda.

Jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplanishini ta'minlash maqsadida, Sh.Fayzullaev firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pul mablag‘lari hisobidan xarid qilingan mol-mulklarni, shuningdek, o‘zlashtirib yuborilgan va sarflangan pul mablag‘larni aniqlab, ularni xatlash choralari ko‘rilmoqda.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda, tergov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi.

Fuqarolardan norasmiy ma'lumotlarga ishongan holda biror-bir huquqbuzarlik sodir etishdan o‘zlarini tiyishlari hamda IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha berib boriladigan rasmiy ma'lumotlarga asoslanishlari so‘raladi.

Shu o‘rinda hurmatli fuqarolar sizlardan, rasmiy vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanmagan turli xil soxta ma'lumotlar va undovlarga ishonib qolmasligingizni so‘raymiz, sababi yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzganlik ma'muriy va jinoiy tartibda jazolanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech