18 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7 °C

Xavfsizlik
2 Noyabr  2019 490

Uchquduqda tez tibbiy yordam shifokoriga qilingan tajovuz bo‘yicha IIV ma'lumot berdi

Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasining xabar berishicha, 31 oktyabr kuni soat 17:40larda Navoiy viloyati Uchquduq tumani Tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga fuqaro Eldor Pulatov tanishi Kamol Xikmatovning sog‘lig‘i yomonlashganligi yuzasidan murojaati qilgan.

 

Xabarga asosan tez tibbiy yordam bo‘limi navbatchi shifokori Najmiddin Boliqulov va navbatchi feldsher Ulug‘bek Rajabovlar soat 17:45larda Uchquduq tumani Navro‘z ko‘chasi 10-uy 4-xonadonga yetib borgan.

Tibbiyot xodimlarini mast holda bo‘lgan E.Pulatov kutib olgan. Fuqaro K.Hikmatov esa tibbiyot xodimlari kelganiligini bilib, uyg‘ongan va navbatchi shifokor N.Boliqulov egnidagi ko‘k rangli tibbiyot xalati ustidan kurtka kiyib olganligiga e'tiroz bildirib “Nima uchun oq xalatda emassan, nima uchun meni oyog‘ing bilan turtib uyg‘otding” deb, N. Boliqulov bilan o‘zaro janjallashgan.

Janjal vaqtida mast holdagi K.Hikmatov shifokor N.Boliqulovning ko‘krak qismiga qo‘li bilan bir marotaba urgan hamda K.Hikmatov va E.Pulatovlar shifokorni turli uyatsiz so‘zlar bilan haqoratlaganlar.

Ushbu holat yuzasidan navbatchi feldsher U.Rajabov o‘z uyali aloqa vositasi orqali tuman IIB  profilaktika inspektori E.Islomovga soat 17:49da xabar bergan. Xabar asosida profilaktika inspektorlari E.Islomov, F.Pulatov va A.Ismatullaevlar voqyea joyiga darhol yetib kelishib, ziddiyatli vaziyatga tezkorlik bilan barham berishgan. Mazkur holat shu kunning o‘zidayoq, Uchquduq tuman IIBning Navbatchilik qismida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

O‘z navbatida K.Hikmatov va E.Pulatovlar tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Mast holdagi fuqarolarni reabilitatsiya qilish” markaziga joylashtirganlar.

Joriy yilning 1 noyabr kuni shifokor N.Boliqulovning sog‘ligini yomonlashganligi holati yuzasidan, sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi ta'minlangan.

Hozirda K.Hikmatov va E.Pulatovlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik)da ko‘rsatilgan harakatlarni sodir etganliklari bo‘yicha surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech