27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,4 °C

Mamlakatimizda
8 Mart  2019 1707

Uchish apparatlari “yashil” yo‘lakdan “uchib” o‘tolmadi

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan mamlakatimiz hududida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan noqonuniy foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ammo bugungi kunda ayrim fuqarolar tomonidan noqonuniy yo‘llar bilan kuzatuv kamerali va kamerasiz uchuvchisiz uchish apparatlarini mamlakatimizga olib kirishga bo‘lgan urinish hamon uchramoqda, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Jumladan, “Istambul-Samarqand” yo‘nalishi bilan Samarqand xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro A.U. “yashil” yo‘lakdan harakatlanayotganda bojxonachilar uni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazishdi. Natijada unga tegishli bo‘lgan yuk sumkasida xorijda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchish apparati yashirilganligi fosh etildi. Ushbu shaxs shu tariqa o‘zining qing‘ir rejasini amalga oshirishga uringan ekan.

Shuningdek, aynan shu yo‘nalishda parvozni yakunlab, yashil yo‘lakdan harakatlanyotgan yana bir  fuqaro G.A.ning sumkasi nazoratdan o‘tkazilganda xuddi shunday rusumli uchuvchisiz uchish apparatini yashirin ravishda olib kirmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.  

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech