07 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,1 °C

Bilasizmi?
29 Aprel  2019 1405

Olimlar insonning yangi turi topilganini aytmoqda

Ilgari inson yer yuzida bundan 2 million yil muqaddam Janubiy va Sharqiy Afrikada paydo bo‘lgan, degan tushuncha mavjud edi. Ammo yaqinda olimlar tarixning bunday talqiniga ta'sir qiluvchi topilmaga duch kelishdi.

Evolyusiya jarayonida jami to‘qqizta tur shakllangan, degan tushuncha mavjud edi. Biroq bu safargi topilma o‘ninchisi.

Filippindagi Luson orolidagi Kalyao g‘orida o‘ta shov-shuvli kashfiyot qilindi. Dunyoning barcha mamlakatlaridan tashrif buyurgan bir guruh olimlar mutlaqo yangi turning 13 dona suyak qoldiqlariga duch kelishdi va uni Homo luzonensis (Luson odami), deya nomlashdi. Topilgan suyaklar kamida uchta har xil insonlarga tegishli. Bunda asosiysi, bosh chanog‘i suyagi yetishmaydi va shu bois ham tashqi ko‘rinishni kompyuterda tiklashning imkoni yo‘q. Hatto, uning bo‘yini ham aniqlashning iloji yo‘q. Dastlabki materialning mavjud emasligi sabab uning DNKsini aniqlash ham muammo bo‘lib turibdi. Ayni damda g‘or ichi va atrofida tinimsiz qidiruv ishlari olib borilyapti, deya ma'lumot beradi «Nature» tabiiy-ilmiy jurnali.

Tadqiqotchilarning aytishicha, ushbu yangi tur insoniyat tarixini qayta ko‘rib chiqish imkonini beradi. Negaki, zamonaviy fan shu paytga qadar Sharqning bunchalik uzoq joyida juda qadimgi ajdodlarning qoldiqlariga duch kelmagandi. Olimlar oldida yana bir masalani yechish turibdi: tarixdan oldingi odamlarning Afrika qit'asidan ko‘chishiga nima sabab bo‘lganini aniqlash.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech