16 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,8 °C

Olimlar dеydiki...
10 Yanvar  2019 2994

Olimlarimiz gen-nokaut texnologiyasiga patent olishdi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Genomika va bioinformatika markazi olimlari Misr va Rossiya Federatsiyasidan g‘o‘za genlarini nokaut qilish (“o‘chirish”) texnologiyasiga patent olishdi.

Ta’kidlash joizki, molekulyar texnologiyalar dunyodagi sanoqli davlatlardagina rivojlangan bo‘lib, o‘zbek olimlarining molekulyar biologiya sohasidagi mazkur innovatsiyalarining dunyoda tan olinishi izlanuvchilarimizning ilmiy salohiyati yuqori ekanligidan dalolat beradi. Avvalroq mazkur texnologiyaga AQSh Patentlar va tovar belgilari idorasi tomonidan ham patent berilgan edi. Patent berilishi xalqaro darajada texnologiyalarni litsenziyalash imkoniyatini beradi. Bu nafaqat tovarlar eksporti uchun, balki intellektual mulkdan ham daromad olish imkoniyati paydo bo‘ladi degani.

Gen-nokaut texnologiyasi o‘zbek olimlari tomonidan 2008-yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, tadqiqotlar hukumatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Natijada yuqori hosildor, tez pishuvchi, uzun tolali, quruqlikka chidamli, sho‘rlangan tuproqda o‘sadigan “Porloq” seriyasidagi biotexnologik navlar yaratildi.

Ma’lumot uchun, hozirda “Porloq” navi yurtimizda yetishtiriladigan boshqa navlarga qaraganda 12 foizga qimmatroq narxda sotiladi va jahon bozorida katta talabga egaligi bilan ajralib turadi. 2018-yildi “Porloq” navi respublikamiz bo‘ylab 60 ming gektardan oshiq maydonlarda ekildi, bu navning ekish maydonlari yanada kengaytirilishi kutilmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech