20 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Sport
17 Iyun  2019 630

U.Ahmadjonov bilan kelishmovchiligi sabab ishdan olingan yana bir rahbar sportga qaytmoqda

O‘z vaqtida O‘zbekiston boks federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Sherzod Toshmatov yana katta sportga qaytmoqda, deb xabar tarqatdi GoSport.uz internet nashri.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Toshmatov O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi raisi sifatida ish boshlaydi. U mazkur lavozimni tark etgan Ahmadjon Rahimov o‘rnini egallaydi.

Rahimov 2018-yilning 4-oktyabr kunidan buyon tashkilot rahbari sifatida ishlab kelayotgan edi. Uning rahbarligi davomida taekvondochi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida 1ta kumush medal qo‘lga kiritildi. May oyida o‘tkazilgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi yillardagi eng yomon natijasini takrorladi va birorta ham medalsiz ortga qaytdi.

2014 yilning noyabr oyidan boks federatsiyasida ishlab kelgan Toshmatov esa 2019-yilning 2-fevral kuni federatsiya rahbarligi lavozimidan olingandi. Uning o‘rnini Saken Po‘latov egallagandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Sherzod Toshmatov va MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov o‘rtasidagi kelishmovchiliklar bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan va bu borada shov-shuvlarga sabab bo‘lgan maqolalar ham e'lon qilingandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech