16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,3 °C

Bilasizmi?
5 Iyul  2019 851

Tutanxamon byusti 6 million dollarga sotildi, ammo savdo bekor bo‘lishi mumkin

Londonning  Christie’s kimoshdi savdosida Misr fir'avni Tutanxamonning byusti darrov sotilib ketdi. Xaridor 4,75 million funt (taxminan 6 million dollar) to‘lagan. Bu haqda kimoshdi savdosi uyi matbuot xizmati xabar berdi.

Misr 6 million dollarga sotilgan Tutanxamonning byusti savdosini bekor qilishni talab qilmoqda.

Sotilishidan oldin byust myunxenlik kolleksioner Xayns Xerser qo‘lida bo‘lgan. U 1985-yilda byustni avstriyalik Jozef Messinadan sotib olgan. Undan oldin haykal germanlar urug‘i shahzodasi Turn-i-Taksisga tegishli edi.

Misr hukumati byustni o‘g‘irlangan deb hisoblab, savdoni bekor qilishga chaqirdi.

Misrning sobiq Qadimshunoslik vaziri Zaxa Xavassning so‘zlariga qaraganda, haykal 1970-yilda o‘g‘irlab ketilgan. O‘shanda Qadimgi Misrning yirik ibodatxonalari majmuasi hisoblangan Karnak ibodatxonasidan boshqa narsalar ham o‘g‘irlangandi.

Kimoshdi savdosi uyida byust tarixi 1960-yildan beri ma'lum, deyishmoqda. Shu munosabat bilan  u yerda surishtiruv o‘tkazishdan bosh tortishgan.

Shunga qaramay, iyun oyida Misr Tashqi ishlar vazirligi Britaniya hukumatidan lotni sotishdan olib tashlashni va uni Luksor arxeologiya muzeyiga qaytarishni talab qildi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech