17 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,6 °C

Turizm
2 Oktyabr  2019 938

Turizm mavsumida “Registon” kompleksi yarim tungacha ishlaydi

Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (30.09.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma'lum qiladi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan hududlardan tashqari Samarqand shahridagi yer uchastkalari mehmonxonalar qurish uchun “E-IJRO AUKSOIN”da elektron onlayn-auksion orqali jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etiladi. 

Shuningdek, shaharning “Universitet hiyoboni”, I. Karimov, A. Navoiy va Pushkin ko‘chalarida xususiy investorlarni jalb qilgan holda 2019-2021-yillarda turizm infratuzilmasi tashkil etiladi.

Qarorga ko‘ra:

- “Bog‘i baland” va “Bog‘i Shamol” bog‘lari joylashgan joyni aniqlash orqali qayta tashkil etiladi va tarixiy qiyofasi qayta tiklanadi;

- “Sheroz qal'a” , “Dobussiya”, Revdat shaharchasi – Kofir qal'a, Afrosiyob shaharchasidagi arxeologik yodgorliklar YuNeSKO bilan kelishgan holda restavratsiya qilinadi;

- arxeologik yodgorliklar hududida “ochiq osmon ostidagi” muzeylar tashkil qilinadi va tashrif buyuruvchilarni elektron hisobga olish tizimi joriy etiladi.

2019-yil 1-oktyabrdan boshlab, turizm mavsumi davomida (mart-noyabr)  “Registon” kompleksi har kuni soat 7:00 dan 24:00 gacha ishlaydi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech