16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,6 °C

IT-xabarlar
4 Oktyabr  2019 591

Hayotni saqlab qolish uchun raqamli texnologiyalar

Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar Kengashining to‘rtinchi majlisi doirasida Rossiyaning «GLONASS» AJ va O‘zbekistonning «SmartGeo» MChJ o‘rtasida transport sohasida navigatsiya-axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

«GLONASS» AJ bilan hamkorlik bir yil oldin boshlangan. Memorandumni imzolash nafaqat transportda halokatlar yuz berganda favqulodda choralar ko‘rishni tashkil etish, balki turli toifadagi transport vositalarini (yo‘lovchi transporti, o‘ta xavfli yuklarni tashish va hokazo) monitoring qilish bo‘yicha qator davlat vazifalarini hal qilish imkonini beradi», deydi «SmartGeo» kompaniyasi direktori Ulug‘bek Boydadayev.

Davlat-xususiy sheriklik doirasida «SmartGeo» kompaniyasi negizida geoinfokommunikatsiya xizmatlari milliy operatorini tashkil etish taklif etilmoqda. Hamkorlik rejalari O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportini ishlab chiqarishda zamonaviy xavfsizlik qurilmalari bilan jihozlash, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashning intellektual tizimlarini joriy etishni nazarda tutadi.

«Bugun har qanday davlatning asosiy vazifasi xavfsizlikni ta'minlash, fuqarolarning hayotiga, sog‘lig‘iga va atrof-muhitga zarar yetishi oldini olishdir. Mazkur texnologiyalar hukumat va favqulodda xizmatlarga YTHda jabrlanganlarning hayotini saqlab qolish uchun eng tezkor qarorlar qabul qilish va to‘liq xabardorlik asosida harakat qilish imkonini beradi. Bu falokatga uchragan odamlarning hayotini saqlab qolishdagi haqiqiy yordamdir», deydi «GLONASS» AJ bosh direktori Igor Milashevskiy.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech