23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,8 °C

Mamlakatimizda
8 Fevral  2019 2667

Transport vazirligi tashkil etildi

Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi  tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Vazirlik avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Quyidagilar vazirlikka o‘tkazildi:

  • Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi;
  • Fuqaro aviatsiyasi agentligi;
  • Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi;
  • Hukumat huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi;
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligining O‘zbekiston kemachilik registri;
  • Hukumat huzuridagi “O‘zaeronavigatsiya” markazi.

Toshkent shahar Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamenti tugatildi.

Quyidagi vazifa, funksiya va vakolatlar Vazirlikka o‘tkazildi:

  • kemalarni ro‘yxatga olish, qurish, foydalanish, qayta jihozlash va ta'mirlashga guvohnomalar berish;
  • temir yo‘l transportini rivojlantirishning davlat dasturlarini ishlab chiqish, temir yo‘l transporti istiqbolli prognozlari, rivojlantirish va ob'ektlarni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish;
  • temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish sohasida tarif va tranzit siyosatni amalga oshirish;
  • sanoat korxonalari harakatdagi tarkiblarining umumiy foydalanishdagi temir yo‘llariga chiqishi uchun ruxsatnomalar berish.

Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi tashkil etildi.

“Transport to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasida 2025-yilgacha transportni rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech