20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,8 °C

Xavfsizlik
22 Avgust  2019 379

To‘y korteji ishtirokchilari 7 va 10 sutka qamoqda o‘tiradigan bo‘ldi

Joriy yilning 16-avgust kuni Samarqand shahar Sartepa maskani «Turkiston» ko‘chasida harakatlangan nikoh to‘yi avtomobillar karvoni yo‘l harakati qoidalarini qasddan, qo‘pol ravishda buzgan. Shuningdek, harakat ishtirokchilari shovqin ko‘tarib, jamoat tartibini buzgan. Bu haqda Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida bunday bebosh haydovchilar boshqargan avtomobillar jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Avtomashinalar egalarining huquqbuzarliklari haqida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand shahar ma'muriy sudiga yuborilgan.

Sud «ZAGS» karvoni ishtirokchilarining xatti-harakatlarini mayda bezorilik, deb topdi.

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda mayda bezorilik, ya'ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi, deb belgilangan.

Samarqand shahar ma'muriy sudi 16-avgust kuni «Turkiston» ko‘chasida sodir etilgan holat ishtirokchilarining 2 nafariga 10 sutka, 9 nafariga esa 7 sutkadan qamoq jazosi belgiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech