17 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,4 °C

Sport
10 Aprel  2019 936

YeChL. “Tottenhyem” “Man Siti”ni kichik hisobda mag‘lub etdi

Bugun tunda yevropa chempionlar ligasi chorak finalining ikki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Angliyaning “Tottenhyem” klubi yana bir ingiliz jamoasi “Manchester Siti”ni o‘z maydonida qabul qilgan bo‘lsa, Portugaliyaning “Portu” jamoasi esa “Liverpul” mehmoni bo‘ldi. 

Kutilganidek, “Tottenhyem” va “Manchester Siti” jamoalari qarama-qarshiligi qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi. O‘yinda manchesterliklik futbolchilar kichik ustunlikka ega bo‘ldi. Ammo mezbonlar g‘alabani berib qo‘yishmadi. Son Xion Minning 78-daqiqada kiritgan goli uchrashuvda yagonaligicha qoldi. Bu g‘alabadan so‘ng “Tottenhyem” javob o‘yini oldidan kichik ustunlikka ega bo‘ldi.

“Liverpul” hamda “Portu” o‘yinida favorit sifatida mezbonlar etirof etilayotgandi va bu amalda ham o‘z tasdig‘ini topdi. Birinchi bo‘limning o‘zida “Liverpul” futbolchilari raqib darvozasiga ikkita gol kiritishdi. 5-daqiqada Keyta hisobni ochgan bo‘lsa, 26-daqiqada Firmino hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Bu natija o‘yin so‘ngiga qadar saqlanib qoldi.

Eslatib o‘tamiz, javob uchrashuvlari bir haftadan so‘ng bugungi o‘yinlardagi mehmon jamoalar maydonida bo‘lib o‘tadi. 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech