27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,9 °C

Mamlakatimizda
11 Fevral  2019 1055

Toshkentga yetakchi tahlilchilar va ekspertlar keladi

Joriy yilning 19-20-fevral kunlari poytaxtimizda «Markaziy Osiyoda o‘zaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Uning ochilishida davlatlarning rahbarlari chiqish qilishi rejalashtirilgan.

Ushbu konferensiyani turli mamlakatlarning yetakchi ekspertlari ishtirokida mintaqadagi dolzarb masalalar bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun TIV hamda BMTning Markaziya Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi tashkil etmoqda.

Dunyoning turli nuqtalaridan yuzga yaqin yetakchi mutaxassislar taklif qilingani ma’lum. Uchrashuv kun tartibidan esa xavfsizlik, savdo-sotiq, transport, suvdan foydalanish, ta’lim va fan sohalarining ustuvor yo‘nalishlari o‘rin olgan. Shuningdek, unda yevropa ittifoqi, Amerika davlatlari tashkiloti, Umumjahon banki, JST va boshqa davlatlarning ekspertlari ishtirok etishi aytilmoqda.

Tashqi ishlar vaziri A.Komilov jurnalistlar bilan uchrashuvda muhokamalarda afg‘on muammosiga yana qaytilishini ta’kidladi. Masalani tinch yo‘l bilan hal etish – kuch ishlatmay, aksincha, mamlakat aholisini qo‘llab-quvvatlash to‘qnashuvlar tilida muloqot qilgandan ko‘ra, ko‘proq yutuqlarga erishish imkonini beradi. O‘zbekistonning tashqi siyosati esa qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar, Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlar bilan o‘zaro ishonchga asoslanishi ta’kidlab o‘tildi.

Mamlakatimiz rahbari Prezident sifatida dastlabki tashriflarini ham aynan, qo‘shni davlatlarga amalga oshirdi. Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida tinch va gullab-yashnayotgan Markaziy Osiyo – bizning muhim maqsadimiz va bosh vazifamizdir, deya ta’kidlagandi. Xalqaro hamjamiyat 2018-yilning mart oyida Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan izga solish doirasida Toshkentda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi konferensiyada ham ushbu g‘oyaga sodiqlikni qayd etgandi.

Dunyoning yetakchi ekspertlari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv kelgusida tavsiyalar ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin bo‘lgan qator masalalar va takliflar doirasini belgilab olish imkonini berishi aytilmoqda.

pv.uz

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech