25 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,9 °C

Xavfsizlik
5 Dekabr  2019 666

Toshkentdagi yangi qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 5-dekabr kuni soat 16:38da Olmazor tumani, Zarqaynar 1-tor ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi hududida 150 kv.m. maydonida teploizolyasiya (penoplast) maxsulotlari yongan, deb xabar qiladi Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi.

Yong‘indan yangi qurilayotgan binoga zarar yetishiga yo‘l qo‘yilmagan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 16:44da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 16:54da qurshab olinib, soat 17:06da o‘chirilgan.

Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘indan insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.  Yong‘in joyiga 16 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb qilingan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech