17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Mamlakatimizda
11 Iyun  2019 1111

Toshkentdagi oddiy maktablar ham pullik bo‘ldi... Kimlar uchun?

Toshkent shahar Xalq ta'limi bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bahrom Bakievning ta'kidlashicha, 2019/2020-o‘quv yilidan, tegishli qarorga muvofiq Toshkent shahridagi 81 ta umumiy o‘rta ta'lim maktabi eksperiment sifatida tanlab olingan.

Tanlab olingan maktablarga qabul asosiy va qo‘shimcha kvota asosida tashkil etiladi.

Asosiy kvota — tuman (shahar) hokimliklari tomonidan umumta'lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning farzandlari, otasi yoki onasi I guruh nogironi bo‘lgan hamda yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sonini (keyingi o‘rinlarda asosiy kvota deb ataladi) inobatga olgan holda shakllantiriladi;

Qo‘shimcha kvota — umumta'lim muassasalarining imkoniyatidan kelib chiqib, mikrohududdan tashqarida istiqomat qilayotgan maktab yoshidagi, mikrohudud va mikrohududdan tashqari maktab yoshiga yetmagan (tegishli yilning 1 sentyabriga qadar 6 yoshga to‘ladigan), shuningdek, umumta'lim muassasalarida ta'lim berish tili bo‘yicha boshlang‘ich bilim (muloqot qilish) ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan bolalar uchun ajratiladi.

Belgilangan tartibga muvofiq ko‘shimcha kvota uchun eng kam ish haqining 10 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda bir martalik to‘lov puli to‘lanadi ya'ni ota-ona farzandini o‘z mikrohududidagi emas boshqa yerda joylashgan maktabda o‘qishini istasa ana shu miqdordagi pulni to‘laydi. Qo‘shimcha kvotalarni olish kuzatuv kengashlari tomonidan muhokamaga kiritiladi. Har bir sinfda bolalar soni 35 nafardan oshmasligi lozim.
Buyurtma umumta'lim maktablarining o‘z imkoniyatidan kelib chiqib beriladi.
Bolalarni umumta'lim muassasalariga asosiy kvota bo‘yicha qabul har yili 15 iyundan 31 avgustga qadar amalga oshiriladi.
Umumta'lim muassasalariga biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha tegishli yilning 31 dekabriga qadar 7 yoshga to‘ladigan bolalar qabul qilinadi.
Bolalarni umumta'lim muassasalariga qo‘shimcha kvota bo‘yicha qabul har yili 15 iyundan 31 avgustga qadar amalga oshiriladi.
«Yozilmagan qonun-qoidalar ko‘p, buni bilasizlar. Eksprement sifatida tanlab oligan poytaxtimizdagi 81 ta maktabning joylashgan joyi, belgilangan talabdan kelib chiqib va turli xil qing‘ir ishlarni, korrupsiyani oldini olish maqsadida qarorda 10 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda bir martalik to‘lov puli belgilandi.
Ochig‘ini aytish kerak, avvalllari korrupsiya holatlari ham uchragan. To‘lov summasini belgilashda aholining imkoniyatlari, jamoatchilik fikrini o‘rganganmiz, tegishli tashkilotlar bilan kelishganmiz, rivojlangan davlatlar tajribasini ham ko‘rganmiz. O‘zimizdan o‘zimiz belgilamadik, bundan tashqari kuzatuv kengashlarini o‘rganishini ham belgilab qo‘ydik.
Qaror loyihasi muhokamaga ham qo‘yilgandi. Eng yaxshi maktab uyingiz yonida joylashgani. Hamma o‘zining mikrohududida joylashgan maktabga farzandini o‘qishga bersin, hyech qanday pul olinmaydi, mutlaqo tekin» – deydi, Bahrom Bakiev O‘zA muxbiriga bergan intervyusida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech