20 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,4 °C

Mamlakatimizda
20 May  2019 391

Toshkentda zamonaviy liftlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Toshkent shahar hokimligida Shveytsariyaning Schindler kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Schindler dunyoda eskalator, lift va travalatorlarni ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan hisoblanadi.

Hozirgacha yurtimiz va poytaxtimizda qurilgan muhtasham inshootlarning bir nechasi mazkur kompaniyaning zamonaviy texnika va texnologiyalari bilan jihozlangan. Xorijiy hamkorlar yuqori sifatli va xavfsiz lift hamda eskalatorlarni yetkazib berish vazifasini to‘laqonli ado etayotgani hamda Toshkentning o‘zida shunday ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish muhim ekanligi ta'kidlab o‘tildi. O‘zaro muloqot davomida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Baxtiyor Raxmankulov poytaxtimizda qurilishlar hajmi ortayotgani, bunda zamonaviy va ko‘p qavatli binolarning ulushi ham ko‘p ekanligini qayd etdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech