15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,5 °C

Mamlakatimizda
7 Noyabr  2019 343

Toshkentda universitet qoshida Ozarbayjon til va madaniyat markazi tashkil etildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi bilan hamkorlikda Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon til va madaniyat markazi tashkil etildi, deb xabar  qiladi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi.

 

Markazning tantanali ochilish marosimida Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi rahbari Samir Abbasov, ToshDO‘TAU rektori Shuhrat Sirojiddinov va ozarbayjonlik ko‘plab adabiyotshunos olimlar, ijodkorlar va o‘zbek olimlari, matbuot vakillari ishtirok etishdi.

Markazda ilk mushoira kechasi mehmoni ozarbayjonlik shoira, davlat arbobi So‘na Valieva bo‘ldi. Shoira ozar tilida ajoyib she'rlar o‘qir ekan uni bemalol o‘zbek o‘quvchisi ham tushuna oladi, negaki, bu ikki qardosh til vakillari uchun tilmoch ham shart emas.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida A.S.Pushkin nomidagi rus tili va adabiyoti hamda turk tili va adabiyoti markazlari faoliyat ko‘rsatib kelgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech