16 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30 °C

Sport
28 May  2019 437

Toshkent xokkey bo‘yicha xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi

1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag‘ishlab poytaxtimizda xokkey bo‘yicha “Tashkent Cup” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

2-5-iyun kunlari o‘tkaziladigan mazkur turnir bolalar o‘rtasida o‘tkazilib, unda Latviya, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan tashrif buyuradigan jamoalar ishtirok etadi.

Reglamentga ko‘ra, musobaqada “Binokor” va “Tashkent Siti” jamoalari yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Shuningdek, “Riga” (Latviya), “Kaysar” (Qozog‘iston) va “Alg‘a” (Qirg‘iziston) jamoalari ham bosh sovrin uchun kurash olib borishi belgilab qo‘yilgan.

Bahslarga “Xumo arena” mezbonlik qiladi va unga kirish bepul. Taqvimga ko‘ra, 2-4-iyun kunlari o‘yinlar bo‘lib o‘tsa, 5-iyun sanasida barcha ishtirokchilar uchun Toshkent bo‘ylab madaniy dasturlar ishlab chiqilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech