16 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25 °C

Xavfsizlik
10 Iyul  2019 352

Toshkent viloyatidagi bojxona postida qadimiy tangalar olib chiqilayotganligi aniqlandi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari noyob tarixiy va madaniy boyliklarning respublikadan olib chiqishga bo‘lgan urinishni bartaraf etishdi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Gap shundaki, mazkur bojxona posti orqali qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqaro K.N.ning qo‘l yuki belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, ushbu shaxs yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovida aytilmagan, og‘irligi 42 grammni tashkil etuvchi, sariq rangli metalldan yasalgan, umumiy qiymati 16,8 million so‘mlik 1 dona 1900-yilda va 1 dona 1901-yilda ishlab chiqarilgan “B.M.Nikolay” yozuvli hamda 1 dona 1894-yilda ishlab chiqarilgan “United States of America twenty dollars” yozuvli qadimiy tangalarni yashirib olib chiqayotganida to‘xtatib qolindi.

Yana bir holatda mazkur postning o‘zida huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari ishtirokida ushbu postga kirib kelgan “Chimkent-Toshkent” yo‘nalishidagi “HIGER BUS” rusumli avtobus ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada, avtobus salonidagi orqa o‘rindiq tagida fuqaro M.G. ga tegishli sariq rangli metalldan yasalgan 2 dona zanjir, 3 dona braslet, 1 dona kulon, 11 dona ayollar uzugi va 7 juft ziraklar hamda fuqaro I.N.ga tegishli sariq rangli metalldan yasalgan 1 dona ayollar brasleti,6 juft zirak, 6 dona uzuk zargarlik buyumlari yashirilganligi aniqlandi.

Fuqaro I.N.va M.G.lar yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan umumiy qiymati 45,9 million so‘mlik jami og‘irligi 153 gramm sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirgan holda olib o‘tayotganligi aniqlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech