22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Mamlakatimizda
1 Avgust  2019 350

Toshkent viloyatida Xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish hududi 3 taga ko‘paydi

Toshkent viloyati aholisiga xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish uchun faqatgina 5 ta hududda, ya'niy Toshkent viloyati  IIBB MvaFRBga, Chirchiq shahar, Yangiyul shahar, Oxangaron va Buka tumanlariga texnik qurilma ajratilgan edi.

Ammo, murojaat qilayotgan aholi soni ko‘pligi va ularning navbatda turib qolishlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi  rahbariyati tomonidan Toshkent viloyatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazidan yana qo‘shimcha 3 dona texnik qo‘rilma olindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma'lum qiladi. 

Ushbu texnik qurilmalar Yuqorichirchiq, Zangiota va Chinoz tumani IIB MvaFRBga o‘rnatildi.

Bugungi kunda Ushbu qurilmalar quyidagi tarzda taqsimlangan:

Toshkent viloyati IIBB MvaFRBga

- Qibray tumani

- O‘rta Chirchiq tumani

- Nurafshon shahar

 

Chirchiq shahar IIB MvaFRBda

- Chirchiq shahar

- Bo‘stonliq tumani

 

Yangiyo‘l shahar IIB MvaFRBda

- Yangiyo‘l shahar

- Yangiyo‘l tumani

 

Oxangaron tuman IIB MvaFRBda

- Ohangaron tumani

- Ohangaron shahar

- Olmaliq shahar

- Angren shahar

- Piskent tumani

 

Bo‘ka tuman IIB MvaFRBda

- Bo‘ka tumani

- Bekobod tumani

- Bekobod shahar

- Oqqurg‘on tumani

 

 Zangiota tumani IIB MvaFRBda

-Zangiota tumani

- Toshkent tumani

 

 Yuqorichirchiq tumani IIB MvaFRBda

 - Yuqori Chirchiq tumani

 - Parkent tumani

 

 Chinoz tumani IIB MvaFRBda

 -Chinoz tumani

 -Quyi Chirchiq tumani

Yil oxirigacha barcha shahar-tuman IIB MvaFRBlari texnik qurilmalar bilan to‘liq jihozlanishi rejaga kiritilgan.

Xodimlar tomonidan xorijiy davlatlarga ketuvchi fuqarolarga ya'ni,  ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan fuqarolar, xomilador ayollar, yosh bolalar, nogironlar, kasallarni navbatsiz qabul qilish tizimi joriy etilgan.

Bundan tashqari, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida xodimlar navbat bilan tushlik vaqtida fuqarolarni qabul qilish va xaftaning shanba va yakshanba kunlari xodimlarning 50 foiziga dam bergan holda fuqarolarni qabul qilish va tayyor pasportlarni egalariga topshirish ishlari ham tashkil etilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech