26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Mamlakatimizda
21 May  2019 531

Toshkent shahridagi 50-maktabning buzilishi haqidagi gap-so‘zlarga XTV oydinlik kiritdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 50-sonli umumta'lim maktabining buzilishi haqida ma'lumot tarqatildi. O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirligi ushbu xabarni noto‘g‘ri ekanligini ma'lum qiladi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandiga muvofiq, umumta'lim va maktabdan tashqari muassasalarining yer uchastkalarini hamda ko‘chmas mulkini Xalq ta'limi vaziri bilan kelishmasdan begonalashtirish taqiqlanadi.

Bugungi kunga qadar Xalq ta'limi vazirligiga mazkur maktabning yer uchastkalarini va ko‘chmas mulkini begonalashtirish to‘g‘risidagi arizalar kelib tushmagan, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech