17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,6 °C

Mamlakatimizda
2 Aprel  2019 1246

Toshkent shahar hokimligida “EPAM” kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar hokimligi poytaxt miqiyosida AKTni keng tadbiq etishga alohida e'tibor qaratmoqda. Bu borada xorijiy hamkorlar bilan mustahkam aloqalar yo‘lga qo‘yilgan va rivojlantirilmoqda, shuningdek, katta loyihalar amalga oshirilmoqda.

“Raqamli Toshkent” shu yo‘nalishdagi muhim g‘oyadir. Uni hayotga joriy qilishga sohaning yetuk mutaxassislari jalb etilgan. Dasturiy ta'minot bo‘yicha dunyodagi eng ilg‘or AT kompaniyalardan biri hisoblanmish “EPAM” bilan o‘zaro yaqin hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Toshkent shahar hokimligida “EPAM” kompaniyasining prezidenti Arkadiy Dobkin va kompaniya direktori Andrey Shubaderov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

O‘zaro muloqot davomida tomonlar poytaxtimizdagi texnoparklarni rivojalantirish va boshqa qator masalalarni muhokama etishdi. Shuningdek, Toshkentdagi oliy ta'lim muassasasalarida AKT sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash, bu yo‘nalishda ishlayotgan xodimlarning bilim va malakasini muntazam oshirib borish borasida ham fikr almashishdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech