22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Mamlakatimizda
2 Avgust  2019 356

Toshkent shahar hokimligi qizg‘in munozaraga sabab bo‘lgan masala bo‘yicha izoh berdi

Toshkent shahar hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan “jinoyatga moyil ayollar” toifalari haqidagi muhokamalar yuzasidan izoh berdi.

Toshkent shahar hokimligining internet sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilingan “Tuman hokimliklari huzurida “Tezkor shtab” tuzildi” maqolasi ayrim blogerlar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilingani jamoatchilik orasida tushunmovchilik yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.

Mazkur maqolada so‘z yuritilgan dastur aslida og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan, kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga, yordamga muhtoj, ko‘makni tashqaridan izlayotgan va umidsizlikka tushgan xotin-qizlarning muammolarini aniq, manzilli o‘rganib, ularni yechishga qaratilgan.

Toshkent shahar hokimligi, xotin-qizlar qo‘mitasi hurmatli OAV vakillari va blogerlardan axborot tarqatishda ma'lumotlarni to‘g‘ri talqin qilishlarini iltimos qiladi. Shuningdek, biror bir voqyelik yuzasidan atroflicha ma'lumot kerak bo‘lsa,  siz bilan har doim muloqotga kirishishga va aniq axborot berishga tayyor, deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech