19 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,7 °C

Mamlakatimizda
5 Aprel  2019 847

Toshkent shahar hokimligi: Poytaxt aholisi murojaatlari o‘rganilmoqda

Bugungi kunda poytaxtimizda 3 milliondan ortiq aholi istiqomat qilmoqda. Toshkent shahar tumanlaridagi mahallalarning ijtimoiy muhiti, ahvolini o‘rganish, joylarda fuqarolar bilan uchrashib, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish hamda faollar bilan yig‘ilishlar o‘tkazish bo‘yicha Respublika jamoatchilik komissiyasi tashkil etilgan.

 

Toshkent  shahar hokimligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ushbu haftada mazkur komissiya ishtirokida Chilonzor tumanidagi mahalla  raislari hamda faollari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilishi belgilangan. Shunday tadbirlarning biri Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tdi. Unda Chilonzor tumanidagi Al-Xorazmiy, “Bahoriston”, “Bek to‘pi”, “Beshqo‘rg‘on”, “Guliston”, “Katta Xirmontepa”, “Tirsakobod”, “Hayrabod”, “Xirmontepa”, “Xonto‘pi”, “Sharq”, “Sharaf”, “Sharq tongi” va “Shuhrat” mahallalarining raislari va faollari o‘z hududlardagi muhim masalalar yuzasidan respublika komissiyasiga murojaat etishdi.  Yig‘ilishga respublika komissiyasi vakillari qatori ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa sohalarning mutasaddilari taklif etilgan bo‘lib, ko‘tarilgan masalalar tegishliligiga ko‘ra ko‘rib chiqildi. Muammolarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilgan uchrashuvda esa “1-Charx Kamolon”, “2-Charx Kamolon”, “3-Charx Kamolon”, “Beshyog‘och”, “Katta Qozirobod”, “Katta Chilonzor-1”,  “Katta Chilonzor-2”, “Katta Chilonzor-3”, “Katta Olmazor”, “Novza” va “Chilonzor” mahallalarining raislari va faollari ishtirok etishdi. Muloqot davomida kam ta'minlangan va nogironi bor oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish, kommunal xizmatlar sifati, davolash profilaktika muassasalarida imtiyozli davolanish kabi qator masalalar ko‘rib chiqildi. Mutasaddi idoralarga aniqlangan kamchiliklarni to‘g‘irlash va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech