17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,5 °C

Mamlakatimizda
22 Aprel  2019 1204

Toshkent shahar brendi taqdimoti o‘tkazildi

Xabaringiz bor, 2018-yilning iyul oyida Toshkent shahar Jamoatchilik kengashi ekspertlari tomonidan poytaxt brendini yaratish bo‘yicha ish boshlangan edi. Bu borada “Toshkent umumiy uyimiz”  g‘oyasi asosida tanlov ham o‘tkazilib, unda 118 nafar rassomning 310dan ortiq ishi ko‘rib chiqildi.

Hakamlar hay'ati tomonidan saralab olingan 6 ta ish Toshkent shahar Deputatlar kengashida muhokama qilinib, “Ma`no branding” kompaniyasining brendi tasviri tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Poytaxtning ochiq darvozalari uyg‘unligida tasvirlangan “T” harfi tasviri tushirilgan shakl Toshkent shahar brendi sifatida qabul qilindi.

Mazkur brend taqdimotiga bag‘ishlangan yig‘ilishda uni turizm va transport infratuzilmasida,  servis xizmatida, investitsiyaviy loyihalar va poytaxtda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda qo‘llash orqali keng targ‘ib qilish masalasi muhokama etildi. Buning uchun maxsus veb sayt tashkil etilib yaqin ikki oyda bu masala ham hal etilishi ma'lum qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech