21 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Mamlakatimizda
8 May  2019 871

Toshkent hayvonot bog‘ida yangi park va akvanarium tashkil etiladi

Toshkent shahar hokimligida Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn hayvonot bog‘i rahbarlari, «Falcon Hunting Solutions» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda Vazirlar Mahkamasining Toshkent hayvonot bog‘ini rivojlantirishga qaratilgan qarori ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, o‘zaro hamkorlikda Toshkent hayvonot bog‘ini zamonaviy madaniy-tomosha va ilmiy-ma’rifiy davlat muassasasi sifatida rivojlantirish ishlari olib boriladi. Shuningdek, bog‘ kolleksiyasini noyob hamda ekzotik hayvonlar bilan to‘ldirish rejalashtirilgan.

BAA Al-Ayn hayvonot bog‘i rahbari Mark Kreytning ta’kidlashicha, ularda zoologik izlanishlar muntazam amalga oshiriladi. Bundan tashqari , Al-Ayn hayvonot bog‘ida hayvonlarni tutqunlikda sun'iy ko‘paytirish, boshqa hayvonot bog‘lari bilan jonivorlarni ayirboshlash, hayvonot bog‘i genofondini saqlash, to‘ldirish hamda yanada boyitish ishlari talab darajasida yo‘lga qo‘yilgan.

Uchrashuv davomida xorijiy hamkorlar yurtimizda ayni yo‘nalishdagi ishlarni tashkil etish va taraqqiy ettirishga har tomonlama ko‘mak berishga tayyorligini bildirishdi. Bu borada investitsiya kiritish ham ko‘zda tutilgan.

«Falcon Hunting Solutions» kompaniyasi esa biologik xilma-xillikni asrash, boqqa noyob hayvonlarni olib kelish va ko‘paytirish, ekologik va ov turizmini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

Tez kunda Toshkent shahar hokimligi va BAA Al-Ayn hayvonot bog‘i rahbarlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolanishi rejalashtirilgan. Uning asosida qo‘shma loyihalar amalga oshirila boshlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech