11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,9 °C

Sport
13 Noyabr  2019 532

Tokio-2020 sovrindorlariga beriladigan gullar taqdimoti o‘tkazildi

Tokio-2020 tashkiliy qo‘mitasi kelasi yil bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlariga beriladigan gul buketlari taqdimotini o‘tkazdi, deb xabar qiladi MOQ matbuot xizmati.

Gullar ko‘rimli bo‘lishi uchun yorqin ranglardan foydalanilgan bo‘lib, ularga Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari maskotlari ham qo‘shib qo‘yiladi.

Yana bir ahamiyatli jihati ushbu gullar 2011-yil Yaponiya tarixidagi mudhish zil-zilalardan biri ro‘y bergan hududda yetishtirilgan.

Buket uchun mana shu dizayn tanlab olinishi ham oson kechgani yo‘q. Zero, buning uchun o‘tkazilgan tanlovda yuzlab takliflar kelib tushgan va unda aynan mana shu ikebana nomli yapon an'analariga xos gul joylashtirish dizayni ma'qul ko‘rildi. Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari uchun jami 5000 ta mana shunday guldastalar tayyorlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech