17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,4 °C

Tashvishli xabar
19 Fevral  2019 1665

TIV axboroti: Moskvada o‘zbekistonliklar ishtirokidagi mushtlashuvda ikki kishi vafot etdi

17-fevralga o‘tar kechasi Moskva janubiy-sharqidagi avtomoykalarning birida ishlayotgan o‘zbekistonliklar o‘rtasida mushtlashuv ro‘y bergan.

 

O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilning 17-fevral kuni Moskva shahrida mamlakatimiz fuqarolari ishtirokida sodir bo‘lgan hodisa natijasida jarohat olganlardan bir kishi voqyea joyida, ikkinchisi kasalxonada vafot etgan, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Tergov qo‘mitasining Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi 4-qismida (qasddan sog‘liqqa o‘limga olib keluvchi og‘ir jarohat yetkazish) asosida jinoyat ishi ochildi.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari:

  1. Nusratov Nodirbek G‘ulomqodirovich, 1989-yil 29-oktyabrda tug‘ilgan;
  2. Nusratov Otabek, 1987-yil 24-oktyabrda tug‘ilgan.

“Elchixona konsullik bo‘limi Rossiyaning tegishli idoralari bilan aloqa o‘rnatdi va vaziyatni nazorat ostida ushlab turibdi”, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech