22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Bilasizmi?
5 Avgust  2019 346

Tibbiyot rivoji sari yana bir qadam

«MISiS» milliy tadqiqot texnologiya universiteti (MTTU, Moskva) mutaxassislari xona haroratida ishlaydigan, inson yuragidan taraluvchi magnit maydonlaridagi o‘zgarishlarni ham seza oladigan, o‘z navbatida, jiddiy kasalliklarni tashxislash jihatidan muhim ahamiyatga ega ixcham magnit datchigini yaratdilar.

Bu ish natijalari xalqaro «Magnetism and Magnetic Materials» ilmiy jurnalida chop etildi.

Kasalliklarni bevosita kontaktsiz tashxislash zamonaviy tibbiyotni rivojlantirishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Bunday usullardan biri magnitli diagnostikadir. Usul insonning turli ichki a'zolari, masalan, yurak va miya, juda zaif magnit maydonlarni chiqarishiga asoslangan. Kasallikka chalingan a'zolarda magnit «aks sado» o‘zgaradi. Shuning uchun, magnit maydonlardagi o‘zgarishlarni tutib, yurak ishemik kasalliklari, tarqoq skleroz, Alsgeymer kasalligi va boshqa xastaliklarni dastlabki bosqichlarda aniqlash imkoni tug‘iladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech