19 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,7 °C

Mamlakatimizda
23 Aprel  2019 745

Tez yordamni o‘tkazib yuborib qoidani buzdim, jarima solinadimi?

Ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘plab fikrlarga ko‘ra Toshkent shahridagi haydovchilarni quyidagi masala qiynamoqda: oldinda stop-liniya (sidirg‘a chiziq va h.k.) bo‘lsa, lekin sirenasi yoqilgan tez yordam, yong‘in xavfsizligi, ichki ishlar organlari mashinalarini o‘tkazib yubormoqchi bo‘lganingizda nima qilish kerak? Bir jarimani to‘lamaslik uchun joyidan siljimaganda boshqa jarimaga yo‘liqish mumkinku?

Bu borada Toshkent shahar IIBB YHXB quyidagicha tushuntirish berib o‘tdi. Albatta, to‘sqinliksiz harakatlanish huquqiga ega bo‘lganlarni o‘tkazib yubormaganlik uchun jarima solinadi. Ammo ularni o‘tkazib yuborish vaqtida boshqa bir qoidaning buzilganligi uchun jarima solinmaydigan holatlar bor.

Deylik siz avtomatlashtirilgan qayd qilish kameralari ostida sirenasi yoqilgan maxsus avtomobilni o‘tkaza turib (misol uchun) sindirg‘a chiziqni kesib o‘tdingiz. 

Jarima xati keladimi, degan savol tug‘iladi.

IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan yo‘l harakati xavfsizligini boshqarish tizimi avtomatlashtirilgan bo‘lib (YHXBKT): u yo‘l xavfsizligi sohasidagi qoidabuzarliklarni qayd etadi va xat tuzib, uni “O‘zbekiston pochtasi” AJning serveriga inson aralashuvisiz jo‘natadi. Shu tariqa siz haqiqatdan ham qoidabuzarlik haqida xabar beruvchi xat olishingiz yoki qayd etilgan qoidabuzarlik to‘g‘risida shu kunning o‘zida 8860 raqamiga avtomobil Davlat raqam belgisi probel texpasport seriyasi+nomeri ko‘rinishida SMS-so‘rovnoma yo‘llab ma'lumot olishingiz mumkin.

Shu o‘rinda jarimani to‘lash kerakmi, degan savol ham tug‘iladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasiga ko‘ra ko‘ra “shaxs harakatni zaruriy mudofaa holatida yoki oxirgi zarurat holatida qilgan” taqdirda ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emas, boshlangan ish esa tugatilishi lozim. Shu tariqa, zarurat holati fakti aniqlangach, qayd etilgan qoidabuzarlik fakti bekor qilinadi.

Qoidabuzarlik fakti bekor qilinishi uchun esa albatta uni isbotlash talab etiladi. Qoidabuzarlik avtomatlashtirilgan tarzda qayd etilgan taqdirda bayonnoma tuzish kerak bo‘lmaydi, shuning uchun bu jarayonda inson qatnashmaydi. Bundan kelib chiqadiki muammo to‘g‘risida o‘zingiz shaxsan xabar bermasangiz, biz u haqida bila olmaymiz. Shuning uchun siz YHXBKT xodimlariga quyidagi manzil orqali murojaat qilishingiz zarur: Yakkasaroy tumani, Glinka ko‘chasi (eski Glinka DAN binosi).

Bu jarayonda hyech qanday qiyinchilik tug‘ilmaydi: maxsus transportni o‘tkazib yuborish jarayonida stop-liniyani kesib o‘tganingiz haqida xabar bering va YHXBKT xodimiga kun, vaqt va joyni aniqlashtiring (yoki xat bo‘lsa, xatni o‘zini ko‘rsating), shunda xodim ishonchli asosga tayanib jarimani bekor qiladi. Bu ishni “qoida buzilgan” kundan boshlab yetti kun davomida amalga oshirgan ma'qul – kameralar orqali qayd etilgan videolar ayni shu davr mobaynida saqlanadi. yetti kun o‘tib bo‘lgandan keyin maxsus avtomobilni o‘tkazib yuborish bilan bog‘liq zarurat holatini tasdiqlash faqatgina ushbu avtomobil stop-liniyani kesib o‘tganida sizning mashinangiz bilan birga fotoga tushib qolgan taqdirda mumkin bo‘ladi. Misol uchun quyidagidek:

   

Ko‘pincha mashina suratga tushib qoladi, shuning uchun zudlik bilan chora ko‘rishga ehtiyoj yo‘q, ammo ishonch hosil qilish uchun bir hafta mobaynida YHXBKTga murojaat qilgan afzal.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech