13 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,7 °C

Sport
22 Iyul  2019 754

Har bir muxlis terma jamoa libosini tanlashda ishtirok etishi mumkin

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalarimiz va muxlislar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi darajaga olib chiqish borasida bir qator loyihalar ustida ish olib bormoqda, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

Ulardan biri, terma jamoalarimiz formasining yangi dizayni borasidagi tanlovdir. Endi har bir muxlis futbolchilarimiz formasi dizayni borasida o‘z takliflarini bildirishi mumkin.

Yangi forma dizaynini ishlab chiqib, info@ufa.uz elektron manziliga yuborish mumkin. Eng yaxshi deb topilgan ishlar maxsus sovrinlar bilan taqdirlanadi. Xususan, mutaxassislar tomonidan ma'qul topilgan uchta eng yaxshi dizayn uchun mualliflarning har biriga terma jamoamiz yulduzlarining dastxatlari tushirilgan original futbol to‘plari sovg‘a qilinadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech