20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,1 °C

Mamlakatimizda
23 May  2019 826

TDYuU va Davlat xizmatlari agentligi kadrlar masalasida hamkorlik qiladi

Davlat xizmatlari agentligi direktori H.Turaxujaev va Toshkent davlat yuridik universiteti rektori ye. Kanyazov o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi ma'lum qilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, mazkur hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad —  Davlat xizmatlari sohasiga yuqori malakali kadrlarni jalb etish.

TDYuU talabalarini faoliyatning asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirish maqsadida seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, ochiq eshiklar kunlari va mehnat yarmarkalarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Davlat xizmatlari agentligi huzurida TDYuU talabalarining darsdan so‘ng nazariy bilimlarini amaliyotda yanada mustahkamlashi uchun kelgusida Davlat xizmatlari agentligi qoshida maxsus “Klub” tashkil etish rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech