14 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,4 °C

Kеyingi avlod
28 Oktyabr  2019 446

TDIU bitiruvchilari Yevropada tan olinadigan diplomga ega bo‘ladilar

2018/2019-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti bilan xalqaro qo‘shma ta'lim dasturi asosida mutaxassislar tayyorlash faoliyatini yo‘lga qo‘ygan edi.

Bugungi kunda ikki tomonlama diplom beruvchi mazkur dastur asosida 200 nafarga yaqin talabalar tahsil olishyapti. Endilikda mazkur xalqaro qo‘shma ta'lim dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Yevropada tan olinadigan diplom beriladi, deb xabar qiladi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati.

Avstriya ta'lim sifatini ta'minlan va akkreditatsiya qilish bo‘yicha agentlik Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Krems amaliy fanlar universitetining qo‘shma ta'lim dasturini akkreditatsiyadan o‘tkazdi. Shu munosabat bilan ikki oliy ta'lim muassasalari rasmiylari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

— Sizga rasman ma'lum qilamanki, Avstriya ta'lim sifatini ta'minlash va akkreditatsiya qilish bo‘yicha davlat agentligi Krems amaliy fanlar universiteti bilan qo‘shma ta'lim dasturini amalga oshirish uchun Akkreditatsiyani Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga berishga qaror qildi va shu munosabat bilan akkreditatsiyani tasdiqlovchi rasmiy hujjat berdi, – dedi IMC Krems bosh ijrochi direktori Karl Ennsfelner.

Ma'lumot uchun, 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab qo‘shma o‘quv dasturi asosida talabalar “Eksportga ixtisoslashtirilgan menejment”, “Turizm va dam olish menejmenti” yo‘nalishlarida bakalavriat bosqichida tahsil olyapti.

Hamkorlikning navbatdagi bosqichida talabalar magistraturada “Xalqaro biznes va eksportni boshqarish”, “Raqamli biznes innovatsiyasi va transformatsiya” mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olishi mumkin bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech