21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,6 °C

Energetika
23 Sentyabr  2019 956

Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchasini ochdi

Toshkentda Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasiga tegishli yoqilg‘i quyish shoxobchasi ochildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati. 

Tadbirda «Tatneft» kompaniyasi Bosh direktori Nail Maganov Toshkentda yangi «Tatneft» yoqilg‘i quyish stansiyasining ochilishi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan dalolat ekanini ta'kidladi.

“Qoratosh” qo‘chasida joylashgan yangi yoqilg‘i quyish shoxobchasida avtomobillarga AI-80 markali benzindan to AI-100 benzingacha barcha turdagi yoqilg‘i turlari mavjud.

Yonilg‘i quyish shoxobchasi ochilish marosimida bu kompaniyaning O‘zbekistonda birinchi va dunyoda ikkinchi yetakchi AYoQSh bo‘ladi. Bu yerda O‘zbekistonda ilk bor yuqori oktanli AI-100 benzini savdoga chiqarilishi aytildi.

Shoxobchaning ochilishida birinchi 5 mijozga 25 litr benzin yoki dizel yoqilg‘isi bepul to‘ldirildi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech