27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,4 °C

Madaniyat
8 Aprel  2019 887

Tataristondagi festival “Imom Abu Iso Muhammad Termiziy” badiiy filmi bilan ochiladi

Joriy yilning 21-25-aprel kunlari Tatariston respublikasida  Qozon musulmonlar xalqaro XV-kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Festival o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Imom Abu Iso  Muhammad Termiziy” nomli badiiy filmi bilan ochiladi.

 

“Imom Abu Iso  Muhammad Termiziy” nomli badiiy film rejissyori Abduxalil Mignorov boshchiligidagi ijodiy guruhni kinofestival ijrochi direktori Milyausha Aytuganova taklif qilgan. 

Festival musulmon olamidagi kinoijodkorlar o‘rtasida bag‘rikenglik, tinchliksevarlik, matonat va insonparvarlik g‘oyalarini filmlarda tarannum etishi bilan mashhurdir.  “Imom Abu Iso Muhammad Termiziy” badiiy filmining Toshketdagi prem'erasi 20-aprelda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan.

Film ijodkorlari o‘z ijod mahsullarini o‘zbek kinomuxlislariga ramazon tuhfasi sifatida taqdim etishni maqsad qilishgan.

Ma'lumot uchun, mazkur kinofestival 2005-yildan buyon  “Madaniyat muloqotidan – muloqot madaniyati sari”  shiori ostida o‘tkazilib kelinmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech