19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,2 °C

Mamlakatimizda
25 Aprel  2019 2582

Poytaxtda «Tashkent Law Spring» start oldi

Toshkentda «Tezlashgan modernizatsiyalar davrida huquq» asosiy mavzusi bo‘lgan Xalqaro yuridik forum ochildi.

Xo‘sh, davlat va jamiyat shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda huquq qanday bo‘lishi kerak? Dunyo hamjamiyati tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor eng yaxshi amaliyotchilar forum maydoniga chiqishdi.

Ushbu tadbir yurisprudensiya sohasining mingdan ziyod vakillarini o‘zida jamladi, shu bilan bir qatorda 37 davlatdan 240 nafar delegat tashrif buyurdi. Mehmonlar orasida – adliya vazirliklarining, yetakchi arbitraj markazlarining, «The Legal 500» halqaro reytingi yetakchilari bo‘lgan yuridik kompaniyalarning rahbarlari bor.

Ish dasturi 17 ta turli yo‘nalish bo‘yicha bahs-munozarali sessiyalar, davra suhbatlari, taqdimotlar va mahorat saboqlarini o‘z ichiga oladi.

Turli mamlakatlarning yurisprudensiya sohasi vakillari huquq olamidagi ayni damdagi vaziyatlarga urg‘u bergan holda o‘ta murakkab va qiziqarli muammolarni jonli muloqot shaklida muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech