21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,6 °C

Mamlakatimizda
6 Oktyabr  2019 899

Talabalar uchun ijodiy tanlov!

Ijodiy ishingiz bilan 1000 AQSh dollari yoki O‘mon sultonligiga 5 kunlik sayohatni yutishingiz mumkin.

 

Joriy yilning 21-25-oktabr kunlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘mon Sultonligining mamlakatimizdagi elchixonasi tomonidan “Diniy bag‘rikenglik — o‘zaro tushunish, tinch-totuv yashash!” mavzusida ko‘rgazma tashkil etilmoqda, deb xabar qiladi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati.

Ko‘rgazma doirasida turli tadbirlar rejalashtirilgan:

-  O‘mon Sultonligi haqidagi rasmlar ko‘rgazmasi;

-  Soya san'ati namoyishi;

-  Arab xattotlik san'ati ko‘rgazmasi;

-  O‘mon Sultonligi madaniyati kitoblar ko‘rgazmasi;

-  Amaliy san'at namoyishi;

-  “Bag‘rikenglik uchun men nima qildim?” mavzusida talabalar viktorinasi;

-  Diniy qo‘shiqlar ohangi;

-  Qum bilan rasm chizish san'ati namoyishi;

-  O‘mon Sultonligi madaniyati fotolar ko‘rgazmasi.

Ko‘rgazmada talabalar o‘rtasida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkaziladi. Unda talabalar “Biz sizlarni o‘zaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib yaratdik”, “Ota-onangga muloyim va do‘stona munosabatda bo‘l!”, “Insonlarga odob bilan munosabatda bo‘ling!”, “O‘zingizga ravo ko‘rgan narsani boshqalarga ham ravo ko‘r!”, “Senga ishonganlarning ishonchiga munosib bo‘l!” kabi ezgu g‘oyalarni aks ettirgan mualliflik surat, bir daqiqalik videorolik yoki har qanday zamonaviy san'at asari bilan ishtirok etishlari mumkin.

G‘olib 1000 AQSh dollari miqdoridagi yutuqqa ega bo‘ladi. Shuningdek, ko‘rgazmaning eng faol 4 nafar ishtirokchisi 16-noyabr — “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan O‘mon Sultonligiga 5 kunlik sayohatga borish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Tanlovda yurtimizdagi istalgan OTM talabasi o‘zining ijodiy ishlari bilan ishtirok etishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech