20 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,4 °C

Sport
13 May  2019 551

Taekvondochilarimiz jahon chempionatida ishtirok etish uchun Manchesterga yo‘l olishdi

15-19-may kunlari Angliyaning Manchester shahrida taekvondo bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqa Tokio Olimpiadasiga eng yirik reyting ochkolarini taqdim etuvchi turnirdir.

Shu bois ham unda jahonning 100dan ziyod mamlakatidan tashrif buyuradigan taekvondo ustalari ishtirok etishi kutilmoqda. Bugun erta tongda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham Manchester safariga jo‘nab ketishdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Delegatsiyamiz Toshkent-Istambul-Manchester yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilishadi. Mazkur jahon chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoamiz tarkibini yana bir bor eslatib o‘tamiz:

Erkaklar:
-54 kg: Valentin Xegay
-58 kg: Suhrob Bobobekov
-74 kg: Nikita Rafalovich
-80 kg: Shuhrat Salaev
-87 kg: Maksim Rafalovich
+87 kg: Dmitriy Shokin

Ayollar:
-49 kg: Madinabonu Mannopova
-53 kg: Charos Qayumova
-57 kg: Zariya Qosimova
-62 kg: Feruza Sodiqova
-67 kg: Nigora Tursunqulova
+73 kg: Svetlana Osipova

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech