16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,5 °C

Mamlakatimizda
12 Oktyabr  2019 314

Surxondaryoda tadbirkor fuqaroning qolgan pulini qaytargisi kelmadi

Angor tumani “Qorasuv” mahallasida yashovchi O.Fattayev Prezident “Ishonch telefoni”ga murojaat qilib, “Abdulfayz Angor” xususiy korxonasi uning pullarini qaytarmayotganini bildirgan. Bu haqda Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi matbuot xizmati xabar qiladi.

O.Fattayev Angor tumani “Xalq banki”dan 30 mln. so‘m 8 foizli kredit olib, Angor tumanida joylashgan “Abdulfayz Angor” xususiy korxonasiga mahsulot olish uchun o‘tkazib bergan. Ammo ushbu mahsulotlardan ortgan  2 mln. so‘m pulni korxonadan ololmagan.

Bu qilingan murojaat Angor tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, murojaat muallifining qolgan 2 mln. so‘m pul mablag‘i ta'minotchidan tezkorlik bilan  olib berilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech