17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,2 °C

Xavfsizlik
15 Iyul  2019 496

Surxondaryoda bojxonadan qurol olib o‘tmoqchi bo‘lishdi

Bojxona xodimlari tomonidan qurol-yarog‘larni noqonuniy olib o‘tish bilan bog‘liq navbatdagi qonunbuzilish holati fosh etildi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Gulbahor” chegara bojxona posti orqali harakatlanayotgan fuqaro P.V. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Mazkur fuqaroning qo‘l sumkasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning sumkasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan hamda bojxona xodimlariga ma'lum qilinmagan “MAKAROV” nomli pnevmatik to‘pponcha hamda 2 dona kislorod balonchalik patronlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech