27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,9 °C

Hukumat
1 May  2019 1567
OʻzA

To‘ra Bobolov Surxondaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi

2019-yil 1-may kuni Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan To‘ra Bobolov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya qildi.

T.Bobolov 1970-yilda tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini viloyat davlat mulki boshqarmasida hisobchilikdan boshlagan. Keyinchalik Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi, viloyat hokimligida hududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 

Xalq deputatlari qo‘llab-quvvatloviga ko‘ra To‘ra Bobolov viloyati hokimi etib tasdiqlandi.

To‘ra Bobolov Surxondaryoning iqtisodiy-ijtimoiy sharoitini yaxshi bilishi, viloyat xalqi, tuman hokimlari va sektorlar rahbarlari hamjihat bo‘lib, belgilangan vazifalarni to‘la bajarishiga ishonch bildirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech