17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,4 °C

Yashil sayyora
5 Aprel  2019 2222

TATU talabalari «Orolga yordam» loyihasida ishtirok etishdi

Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida «Orolga yordam» (HelptoAral) loyihasi bo‘lib o‘tdi.

 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti matbuot xizmatining xabar berishicha, AQShning  «The World Aral Region Charity» nodavlat notijorat tashkiloti, «Mo‘jizalar davri» tashabbuskor yoshlar guruhi, O‘zbekiston Respublikasining Ekologik partiyasi, TATU talabalari loyihaning tashkilotchilari hisoblanib, uning maqsadi — Amerika hamda o‘zbekistonlik yoshlar birgalikda Orol dengizi hududida istiqomat qiluvchi insonlarni toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, Orolbo‘yi hududi yoshlarining ekologik ta'limini rivojlantirishdan iborat.

Loyiha davomida Xorazm viloyatining uchta tumanida (Bog‘ot, Shovot, Yangiariq) soatiga 500 litr suvni tozalovchi maxsus filtrlar o‘rnatildi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi 2-sonli maktab hamda Xorazm viloyating yuqorida ko‘rsatilgan tumanlari maktab o‘quvchilari uchun ekologik treninglar, master-klasslar, atrof-muhitni asrash bo‘yicha interaktiv o‘yinlar o‘tkazildi. Qolaversa, har bir maktab hududida hasharlar tashkil etildi va 500 dan ortiq daraxt ko‘chatlari ekildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech