21 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Xavfsizlik
30 May  2019 1027

Toshkentda xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi

30-maydan 1-iyunga qadar poytaxtimizda MDHga a’zo davlatlarning Ichki ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Uda Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Armaniston Respublikasi Politsiyasi, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikalari, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va Turkmaniston Ichki ishlar vazirliklari, shuningdek MDHga a'zo davlatlar hududida Uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli turdagi jinoyatchilikka qarshi kurashni muvofiqlashtirish bo‘yicha byurosi, MDHning Antiterror markazi, MDH Ijroiya qo‘mitasi hamda Ijroiya qo‘mita huzuridagi Ichki ishlar vazirlari kengashi rahbarlari va vakillari ishtirok etadi.

Yig‘ilishda jinoyatchilikka qarshi kurashish, qonun ustuvorligini ta'minlash va mustahkamlash, tajriba va axborot almashish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, MDH Davlat rahbarlari kengashining Qarori bilan Ichki ishlar vazirlari Kengashi 1996-yil 19-yanvar kuni tashkil etilgan. Ichki ishlar vazirlari Kengashining asosiy faoliyati, zarur hollarda yiliga bir marotabadan yig‘ilib, qator qaror, bayonot, murojaat va tavsiyalar qabul qilinadi hamda idoralararo tusdagi ko‘p tomonlama kelishuvlar imzolanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech